
Jordi Alba: Xattoki maydon markazidan ham gol ekanligini ko‘rish mumkin edi
Kecha bo‘lib o‘tgan “Valensiya” hamda “Barselona” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng kataloniyaliklar himoyachisi Jordi Alba uchrashuv hakamlaridan norozi ekanligini bildirib o‘tdi.
Aytish lozimki, kechagi o‘yinning 30-daqiqasida hakamlar Messining toza golini inobatga olishmagan edi.
“Bu hakamlarning qo‘pol xatosi. Men maydon markazida edim va xatto men ham bu gol ekanligini ko‘rdim. Bu shafqatsizlik.
O‘tgan mavsum “Betis”ga qarshi o‘yinda ham biz bilan huddi shunday holat yuz bergan. Kim biladi, balkim o‘sha o‘yindagi natija sabab biz chempionlikdan mahrum bo‘lgandirmiz.
To‘p darvoza chizig‘idan uch metr ichkariga kirib ketyapti, hakam esa buni inobatga olmayapti, qanday qilib bunaqa bo‘lishi mumkin. Golligi aniqku! Albatta, videotakrorlar mana shunday vaziyatlarda yordam beradi”, - deydi Alba.
Fikrlar