
Jorjo Kellini: "Yuventus" yanada yaxshiroq o‘ynay olishi mumkin edi
“Yuventus” klubi himoyachisi Jorjo Kellini “Monako” (2:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Safardagi 2:0 hisobidagi g‘alaba ajoyib natija. Juda xursandmiz, ammo biz yanada yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Jamoa himoyalana oladi va hujumchilar uchun ko‘proq vaziyatlar yaratib berishga qodir. Dani Alves va Iguainni tabriklayman. Himoyachilar raqibga bir qancha imkoniyatlarni taqdim etdi, ammo Buffon hamon o‘z o‘rnida, – deydi Kellini.
– Biz finalga chiqishni xohlaymiz. U erda kim bo‘lishi muhim emas. Ammo ikki yil avvalgidek bo‘lmasligi zarur. O‘sha mag‘lubiyatdan so‘ng biz yanada kuchli bo‘lib kelyapmiz.
“Yuventus” – “Monako” uchrashuvi 9 may kuni Turinda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar