Joshua: Uaylder va Fyurini mag‘lub etishimga ishonaman

  • 10.12.2019 01:13
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Og‘ir vazn toifasida 4 yo‘nalish chempioni Entoni Joshua (23-1-0, 21 KO) Deontey Uaylder (42-0-1, 41 KO) va Tayson Fyuri (29-0-1, 20 KO) ni mag‘lub eta olishiga ishonch bildirmoqda.

"Men chempionlik ortidan quvmayman, shunchaki jahonning eng zo‘rlari bilan jang qilaman. Bu Deontey Uaylder va Tayson Fyuridur.

Men ularni mag‘lub etish imkoniyatiga ega bo‘lishni istayman va bunga erisha olishimga ishonaman. Menda ularni mag‘lub etish imkoniyatlari va sifatlarim bor deb o‘ylayman. Ularga qarshi xilma xil usullarni ko‘rsata olaman," - dedi Joshua.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!