Joshua Zirkzee "Fiorentina"ga o'tishi mumkin
Insayder Matteo Moretto ma'lumotiga ko‘ra, "Fiorentina" "Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzee xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirgan va ingliz klubiga futbolchini ijaraga olish bo‘yicha taklif yo‘llagan.
Manbaga ko‘ra, italyanliklar ijara uchun taxminan 5 million yevro to‘lashga tayyor. Shuningdek, kelishuvga keyinchalik to‘liq sotib olish imkoniyatini ham kiritish rejalashtirilgan. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar faol tarzda davom etmoqda va tomonlar kelishuvga erishish borasida ishonch bilan harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshlarida 25 yoshli forvardga "Yuventus" tomonidan ham qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar