Joze Mourino: "Latsio" yarim gol urib g‘alaba qozondi"

  • 7 noyabr, 2022, 12:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriya doirasidagi "Latsio"ga qarshi o‘yindan keyin matbuot anjumanida ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirdi.

Tecno

"Juda chuqur himoyalanadigan va o‘yin sur’atini yaxshi boshqaradigan jamoaga qarshi o‘ynash oson bo‘lmadi. Gol urib olgach, raqib yaxshi himoyalandi. Bizga esa hujumda aniqlik etishmadi. 

Bizga nafaqat gollar etmayapti, balki jamoaviy o‘yin ham yaxshi emas, yakkakurashlarda g‘alaba qozona olmayapmiz. 

O‘ylashimcha, "Roma" nohaq mag‘lub bo‘lyapti. "Atalanta" darvozamizga bitta aniq zarba yo‘lladi. "Napoli"ga hammadan ko‘ra ko‘proq muammo yaratdik. Ular Osimxenning ajoyib goli evaziga g‘alaba qozondi. "Latsio" esa umuman yarim gol urdi.

Bizga o‘tkirlik etishmayapti. Buni tan olishga tayyorman, ammo kurashishni shubha ostiga qo‘yib bo‘lmaydi", - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!