
Joze Mourino mavsum oxirida qo‘shimcha 2 million funt ishlab oladi, agar...
"Tottenxem" klubining yangi bosh murabbiyi Joze Mourino yillik maoshidan tashqari yana bonus ishlab olishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, portugaliyalik murabbiy agar "shporlar" mavsum yakunida APLda to‘rtlikka kirsa, qo‘shimcha 2 million funt bonusga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Mourinoning yillik maoshi 15 million funt etib belgilangandi.
Fikrlar