
Joze Mourino Rossiya - Saudiya Arabistoni uchrashuvi oldidan o‘z taxminini bildirdi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino bugun JCh-2018 turnirini rasman ochib beradigan Rossiya – Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Rossiya terma jamoasiga katta bosim bo‘ladi. Ular jahon chempionatidagi ilk uchrashuvda maydonga tushishadi va ularni butun dunyo ko‘radi. Ular Saudiya Arabistoni ustidan g‘alaba qozonishlari uchun ajoyib imkoniyatga egalar. Garchi, raqib safida bir qator iqtidorli futbolchilar bo‘lsada. Rossiya bu o‘yinda g‘alaba qozonishi shart”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya – Saudiya Arabistoni uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar