Jud birinchi, Palmer kuchli uchlikda! Eng kuchlilar aniqlandi

  • 6 dekabr, 2024, 11:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Four Four Two" nufuzli portali mutaxassislari qiziqarli reyting va statistikalar bilan futbol muxlislarini xursand qilishda davom etmoqda. Bu safar dunyoning eng yaxshi hujumkor yarim himoyachilari reytingi tuzildi.

Unga ko‘ra, "Real"ning angliyalik futbolchisi Jud Bellingem birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinda "Bavariya" vakili Jamal Musiala joylashgan bo‘lsa, kuchli uchlikni “Chelsi” a’zosi Koul Palmer yakunladi.

Keyingi o‘ntalikka Martin Edegor, Florian Virts, Kevin de Bryuyne, Fil Foden, Bruno Fernandesh, Dani Olmo va Antuan Grizmann kirgan.

Ma’lumot uchun, 2024/2025 yilgi mavsumda Bellingem 17 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va sheriklariga 5 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!