Julio Sezar: "Bo‘lajak bahsning keskin hamda murosasiz kurashlar ostida kechishi ehtimoli yuqori"

  • 12 sentabr, 14:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan  “Navbahor” – “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning braziliyalik 28 yoshli tajribali himoyachisi Julio Sezar bo‘lajak bellashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Bu safargi raqibimiz “Surxon” tarkibi asosini iqtidorli yosh futbolchilar tashkil etadi va termizliklar yaxshi o‘yin namoyish etishmoqda. Shu bois, bo‘lajak bahsning keskin hamda murosasiz kurashlar ostida, tomoshabop kechishi ehtimoli yuqori.

Avvalgi o‘yinlarda omadsizlikka uchrab, muxlislarni ranjitib qo‘ydik. Shuning uchun “Surxon” bilan bo‘ladigan uchrashuvda g‘alaba qozonib, ishqibozlarga quvonch ulashish niyatidamiz va buni amalga oshirish uchun maydonda barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.           

Ishqibozlardan esa jamoamizni yolg‘izlatib qo‘ymasliklari, stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘rayman, - dedi Julio Sezar. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!