Jurnalistlar Saloҳga saudiyaliklar taklif qilayotgan maoshni aniqlashdi
Saudiya Pro-ligasi klublari Muhammad Saloҳni oʻz safiga qoʻshib olishni ustuvor transfer maqsadlaridan biri sifatida koʻrmoqda. Manbalarga koʻra, hozirda Saloҳga haftasiga 1,38 million yevro miqdorida maosh taklif qilinmoqda.
Qayd etilishicha, agar futbolchi bu taklifga rozi boʻlsa, uning maoshi Angliyaning “Liverpul” klubidagi hozirgi oyligiga nisbatan taxminan uch baravar oshadi. Saudiyaliklar bunday xarajatlarga tayyor, chunki misrliklik vinger chempionatning asosiy yulduzlaridan biri deb hisoblashmoqda. Bu, ayniqsa, Krishtianu Ronalduning “An-Nasr”dan ketishi ehtimoli fonida yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Maʼlumot uchun, 33 yoshli futbolchi 2017 yilda “Roma” klubidan "mersisaydliklar"ga koʻchib oʻtgan. Joriy mavsumda u Angliya Premer-ligasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi boʻlgan.
Fikrlar