K Liga. Ashurmatov va Iskanderovning jamoalari mag‘lub bo‘ldi
Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 10-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Rustam Ashurmatov faoliyat olib boradigan “Gvangju” jamoasi o‘z maydonida “Tegu”ni qabul qildi va 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ashurmatov odatdagidek maydonda 90 daqiqa harakat qildi.
Parallel ravishda kechgan “Seongnam” – “Poxang Stilers” jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilikda esa mehmonlar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. “Seongnam” safida Iskanderov 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Shu tariqa, “Gvangju” hisobidagi ochkolar soni 10 taligicha qoldi va turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda. 9 ochkosi bor “Seongnam” esa 11-pog‘onadan joy olgan.
K Liga. 10-tur
“Gvangju” – “Tegu” 2:4
“Seongnam” – “Poxang Stilers” 0:4.



Fikrlar