Kamaru Usman - Gilbert Berns jangini "Uzreport TV" namoyish etadimi? Davron Fayzievdan javob

  • 11 fevral, 2021, 14:40
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Taniqli sport jurnalisti va sharhlovchisi Davron Fayziev o‘z "Tvitter" sahifasida Usman - Berns jangi joy olgan "UFC 258" turniri translyatsiyasiga oid savollarga javob berdi:

"So‘ralgan edi: shu yakshanba bo‘ladigan Kamaru Usman - Gilbert Byorns jangini namoyish eta olmaymiz. Lekin 3 ta chempionlik jangidan iborat keyingi katta turnir "UFC 259" translyatsiyasi huquqini qo‘lga  kiritishga harakat qilmoqdamiz", - deb yozadi Davron Fayziev.

Ma’lumot uchun, "UFC 259" kechasidan Yan Blaxovich - Ispael Adesanya, Amanda Nun’es - Megan Anderson, Petr Yan - Aljamen Sterling chempionlik janglari o‘rin olgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!