
Kamaru Usman: Do‘stlik haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas
Nigeriyalik aralash qoidalar jangchisi Kamaru Usman bo‘lg‘usi jangida unga raqiblik qiladigan Gilbert Berns bilan oralaridagi do‘stona munosabat haqida berilgan savolga u quyidagicha javob berdi:
"Ko‘pchilik biz haqimizda jamoadoshlar do‘stona jangga kirishadi, deb yozmoqda. Men endi o‘rtamizda do‘stlikni ko‘rmayapman. Har safar mashg‘ulot o‘tkazganda "menga sen erishgan barcha g‘alabalar kerak, chempionlik kamaringni tortib olaman", deydigan do‘stdan nimani kutish mumkin.
O‘rtamizdagi iliq munosabatlar haqidagi safsatalaringizni bas qiling. Men oktagonga qolgan raqiblarimga qarshi qanday vajohat bilan chiqqan bo‘lsam, shunday chiqaman", - deydi Usman.
Fikrlar