Kamaru Usman-Xorxe Masvidal jangida kimning imkoniyati yuqori? O‘zbekiston yakkakurash olami vakillari javob berdi

  • 21 aprel, 2021, 14:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

25 aprel kuni “UFC 261” turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur jang kechasining markaziy jangi yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Kamaru Usman hamda BMF chempionlik kamari sohibi Xorxe Masvidal o‘rtasida tashkil etiladi. Ular ikkinchi bor jang qiladi. Dastlabkisida nigeriyalik Usman ochkolar hisobida g‘alaba qozongandi.

Tecno

Bu safar imkoniyatlar qanday? Biz bu borada O‘zbekiston yakkakurash olami vakillarining fikriga qiziqdik.

Jasur Ne’matov – O‘zbekiston K-1 federatsiyasi raisi

- To‘g‘risi, Xorxe Masvidalning jang olib borish uslubi juda yoqadi va men unga muxlislik qilaman. Kamaru Usman juda kuchli jangchi hisoblanadi, buni isbotlab ham kelmoqda. Diviziondagi barcha kuchli raqiblarni jumladan, Tayron Vudli, Kolbi Kovington, Gilbert Byorns va birinchi jangda Masvidalni ham mag‘lub eta olgan. Shunday bo‘lsa-da, bu safar Xorxeni g‘alabasiga ishonyapman va umid qilaman.

jasurbek

Humoyun To‘xtamurodov – MMA jangchisi

- Masvidal o‘ziga xos ajoyib jangchi. Unda kutilmagan zarbalar, yuqori tezlik, xarakter va noodatiy harakatlar bor. Albatta, Kamaru Usmanning ham o‘ziga yarasha ustunlik tomonlari mavjud. U juda chidamli jangchi hisoblanadi. Agar, Masvidal avvalgi jangdagi xatolarini to‘g‘irlay olgan bo‘lsa, Usmanni mag‘lub etish imkoniyati bor. Umuman olganda, har ikkisi juda kuchli va ular o‘rtasidagi to‘qnashuvni oktagon hal qiladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tishim mumkinki, Masvidal mening kumirim hisoblanadi.

xumo_1

Humoyun Ibragimov –MMA jangchisi

- Taxminimcha birinchi jangdagi natija yana takrorlanadi. Usman boshlang‘ich raundlarda Masvidalni oktagon chetiga olib borib, charchatishga harakat qiladi va so‘nggi raundlarda faollashadi. Natijada hakamlar qaroriga muvofiq g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayman. Ammo bu MMA! Shunday ekan syurprizlar bo‘lib turadi. Men ham Masvidaldan shunday syurpriz ko‘rishni xohlardim. Biroq bu qiyindek tuyulmoqda!

xumo1

Mavlon Qahhorov – K-1 bo‘yicha murabbiy va referi

- Juda zo‘r jang bo‘ladi. Avvalgisi ham ajoyib tarzda boshlangandi. Biroq Masvidalni jismoniy holati pand berib qo‘ydi. Bu safar Masvidalni “forma”si va “kardio”si etsa, u ham ko‘p ish qila oladi. Ammo Usman kurash tomonlama ustun. “Parter”ga tushira olsa, Masvidalga qiyin bo‘ladi. Imkoniyatlarni 50/50 baholagan bo‘lardim.

mavlon

Bekzod Abdurahmonov – erkin kurashchi, MMA jangchisi

- Yaxshi saviyadagi jangchilar... Usman anchadan buyon bu vazn toifasida yaqqol etakchi ekanligini isbotlab kelmoqda. Qator kuchli raqiblarni mag‘lub etdi va xaqli tarzda chempion bo‘lib turibdi. Masvidal ham oddiy jangi emas, uning kutilmagan yurishlari mavjud. Biroq bu kamlik qiladi nazarimda! Demoqchimanki, bu safar ham Usman yutadi.

bek_2

Mavlud Tifiev –professional muaytay, K-1 jangchisi

- O‘ylaymanki, ikkinchi jang ham muxlislarni zeriktirib qo‘ymasa kerak, yuqori darajadagi jangchilar to‘qnashuvi har doim tomoshabop bo‘ladi. Masvidal yaxshi jangchi lekin Usmanni yutish qiyinroq, deb o‘ylayman. Usman birinchi va ikkinchi raundalarda “teyk-daun”lar bilan charchatib, uchinchi raundda g‘alaba qozonadi, degan fikrdaman. Albatta, bu shaxsiy fikrim!

mavlud

Qodirxon G‘ozixonov – MMA jangchisi

- Revansh jangida ham baribir Usmanning imkoniyatlari yuqori. Chunki uning ustunlik jihatlari ko‘p. Misol uchun, Usman “stoyka”da ham yaxshi jang qiladi. Kurash borasida ham bir bosh ustun. Qolaversa, “kardio”si ham yaxshi darajada. Yuqorida aytib o‘tganimdek, Usman bu safar ham g‘alaba qozonadi.

qodirxon

Bakir (Vechnyy) – Ring anonseri

 - Birinchi jangda Usman ko‘proq yutishni xohlagani birinchi raunddayoq ko‘zga tashlangandi. Masvidal esa himoyaga tayangan holda jang olib bordi. “Parter”dan qochib, ikkala jangchi ham ”stoyka”ga tayanib, oldindan tayorlagan taktikasiga ishonib qoldi. Lekin jangni yarimidan ko‘pi oktagon chetida “klinch” holatida o‘tdi. Biroq Usman hakkoniy tarzda g‘alaba qozongandi.

 Endi, revanshda oldindan bir nima deyish qiyin. Lekin Masvidal ko‘proq harakat qilishi aniq. Usman bo‘lsa, ehtiyotkorlikka ko‘proq e’tibor qaratsa kerak. Lekin aytishadi-yu, "Barchasi birinchi zarbaga qadar", deya... Masvidal qasos olish ilinjida oktagonga ko‘tarilsa, ko‘p xato qilib qo‘yishi mumkin! Yaqqol favorit bo‘lmasa ham, Usman kuchliroq ko‘rinmoqda.

 IMG_20210421_150952_516_1

Bahodir Tillaboev – MMA jangchisi

- Kamaru Usman yutadi. Sababi, nigeriyalik jangining “stoyka”si ham yaxshi, “parter”da ham ajoyib harakat qiladi. Bir marotaba Masvidalni mag‘lub eta olgan va buni ikkinchi marta ham uddalay oladi. Masvidal ham borini berib harakat qiladi. Chunki bir marta yutqazgan va ikkinchi bor ham muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, obro‘yi va reytingi tushib ketadi. Ustunlik ko‘proq Kamaru Usmanda, deb o‘ylayman.

baxodir

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!