Kamoliddin Tojiev: "Eng birinchi o'rinda "nastroy". Bu haqida ikki kundan beri gapiraman"
O‘zbekiston Kubogi doirasidagi “Paxtakor” – “Yaipan” (4:1) oʻrtasidagi uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida qatnashdi.
- O‘yinni yaxshi boshladik, gol urdik. Keyin yana sovuqqonlikka berildik. Bunaqa oʻyinlarga jamoani “nastroj” qilish eng muhimi. 1:0 dan keyin sovuqqonlikka berilgandik. Ikkinchi boʻlimda biroz oʻz oʻyinimizni koʻrsatib 4:1 hisobida gʻalaba qoʻzondik.
- O‘yin davomida “Paxtakor” futbolchilari motivatsiyasiz koʻrinishdi, juda xotirjam oʻynadilar. Bu holat raqibdan kelib chiqibmi?
- Aytayapmanku, bunaqa oʻyinlarga eng muhimi “nastroj”. O‘yinchilar oldindan yutamiz deb oʻylashadi, ammo bu oson emas. Eng birinchi oʻrinda “nastroj”. Ikki kundan beri gapiraman, ammo bizga “nastroj” yetishmayapti.
- Natija uchun oʻynash maqsadida eng kuchli tarkibni tushirdingizmi?
- Ularga ham oʻyin amaliyoti kerak. Baribir birinchi oʻrinda natija muhim. Lekin bu yigitlarni hammasi ham chempionatda oʻynamadi. Shuning uchun ularga ham oʻyin amaliyoti berish kerak. Keyin natijaga qarab yoshlarni ham tushirishni boshladik.
- Oybek Bozorov faol harakat qildi. Lekin uning darvoza tomon yoʻllagan zarbalari yuqoriga qarab ketaverdi...Ka
- O‘zi aytamanku, bitta oʻyindan bitta urasan kirib ketadi. Baʼzida bitta oʻyinda 10 ta urasan kirmaydi. Futbol shunaqa oʻyin. Buning ustida ishlaymiz va oʻzi ham ishlaydi.

Fikrlar