Kamoliddin Tojiev: "Raqib munosib o‘yin namoyish etdi"

  • 26 may, 00:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" - "Xorazm" (2:1) uchrashuvidan keyin "Sherlar" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi. Klub matbuot xizmati bu borada quyidagi fikrlarini bayon etdi.

"Tezkor gol o‘tkazib yuborganimiz barcha rejalarimizni buzib yubordi. Oqibatda yigitlar shoshib harakat qilishni boshlashdi va bu o‘yinimizga ta’sir ko‘rsatdi.

Birinchi bo‘limda ko‘p imkoniyatlarni yuzaga keltirdik. Ikkinchi bo‘limda esa ba’zi xatolar bo‘ldi. Bugun eng xursand qiladigan narsa qo‘lga kiritilgan g‘alaba bo‘ldi. Raqib ham munosib o‘yin namoyish etdi.

Bellashuvdan oldin futbolchilarga "Xorazm" yaxshi darajadagi jamoa ekanini ta’kidlagandim. Alijonovda engil jarohat bor edi. Uni terma jamoa o‘yinlariga ham asrash maqsadida zaxiradan tushirdik".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!