"Kamp Nou"ga sig‘magan futbolchi Italiya chempionatiga qaytadigan bo‘ldi

  • 18 fevral, 2023, 16:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Frenk Kesse yozda A Seriyaga qaytishi mumkin. Kot-d'Ivuarlik futbolchi "rossonerilar"ning eng printsipial raqibi "Inter" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Tecno

Kesse Italiyadan "Barselona"ga ko‘chib o‘tganidan so‘ng kataloniyaliklarning asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmayapti. Jahon chempionatidan so‘ng futbolchiga bir necha o‘yinlarda imkoniyat berildi, biroq afrikalik yarim himoyachi o‘zini ko‘rsata olmadi.

Bundan tashqari, yarim himoyachi "Kamp Nou"da uzoq vaqt harakat qilishiga ishonmaydi.

Jurnalist Alfredo Pedulla xabariga ko‘ra, Kesse "neradzurrilar" rahbariyati bilan uchrashib, yozgi transferlar vaqtida Italiya klubiga o‘tishini muhokama qilgan. Futbolchining o‘zi A Seriyaga qaytishga tayyor va buni shaxsan o‘zi tasdiqlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!