Kanadagi qarshi bahsni Belgiya etakchisi o‘tkazib yuboradi
Belgiya birinchi turda Kanadaga qarshi o‘ynaydi. Tarkibda esa katta yo‘qotish bor. “Inter” hujumchisi Romelu Lukaku hali ham jarohatidan forig‘ bo‘lmagani ma’lum bo‘lmoqda. Bu haqda terma jamoa murabbiyi gapirdi.
"Lukaku yaxshilanyapti. Biroq u 100 foiz tuzalishiga vaqt kerak va birinchi o‘yinda maydonga tushadi, deb o‘ylamayman. Romelu ikkinchi turga tayyor bo‘lishi mumkin” – dedi Roberto Martines
Ma’lumot uchun, 29 yoshli futbolchi terma jamoada 102 ta o‘yinda maydonga tushib, 68 ta gol urgan. Bu Belgiya tarixidagi eng yaxshi natija

Fikrlar