Kanselu "Bavariya"dan oldin La Ligaga ko‘chib o‘tishi ham mumkin edi

  • 3 fevral, 2023, 18:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda "Bavariya" bilan shartnoma imzolab, debyut o‘yinidayoq golli uzatma muallifi bo‘lgan Joau Kanselu Germaniyaga kelmasligi mumkin edi. Uning xizmatlarini "Real"ga taklif qilishgan. 

Tecno

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "qirollik klubi" yanvarda hech qanday futbolchi sotib olmaslikka qaror qilgan. Ispaniyaning yana bir klubi "Barselona"ga esa himoyachining yuqori maoshi ma’qul kelmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli futbolchi Myunxen klubiga 70 million evro evaziga sotib olish sharti bilan mavsum oxiriga qadar ijaraga berildi. Nemis klubida Joau 22-raqam ostida o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!