Kante "Real"ga o‘tmoqchi emas
Londonning "Chelsi" klubi xavbeki Ngolo Kante o‘zining kelajak faoliyati borasida to‘xtalib o‘tdi.
“Men “Chelsi” futbolchisiman va mening bu erda o‘z maqsadlarim bor. Mish-mishlarga e’tibor bermayman. Zidan menga qo‘ng‘iroq qiladimi yoki yo‘q bu men uchun qiziq emas. Mening bor e’tiborim jamoamga qaratilgan”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real”ga qaytgan Zinedin Zidan yozda Kanteni Madridga olib kelmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Kante “Chelsi” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “aristokratlar” safida jami 132ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan, transfer narxi esa 100 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar