Kapadze birinchi taymdan so‘ng yigitlarga nima degandi?

  • 16 iyun, 2022, 11:44
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston OTJ Yaponiyani 2:0 hisobida taslim etib, Osiyo kubogi finaliga yo‘l oldi. Uchrashuvdan so‘ng terma jamoamiz yarim himoyachisi Abdurauf Bo‘riev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

O‘yin juda qiyin bo‘ldi. Yaponiya o‘ziga yarasha kuchli terma jamoa. Shunday bo‘lsa-da g‘alabaga erisha oldik.

Tecno

Biroz ehtiyotkor o‘ynadik. Sababi, bitta gol hammasini hal qilib ketishi mumkin. Menimcha, shu tufayli o‘yin avvalida biroz bosimga duch keldik.

- Saudiya Arabistonidan alamimiz bor. "Dubai Cup"da ularga mag‘lub bo‘lgandik. Finalda ulardan alamimizni olishga harakat qilamiz.

- Saudiyada ham o‘yinni cho‘zish holatlari kuzatiladi. Aniq ayta olmaymanku, ammo katta ehtimol bilan finalda shunday bo‘ladi.

- Muxlislarning yo‘qligi bizga ta’sir qildi. Har bir bahsda 12 kishi bo‘lib harakat qilayotgandik. Bugun 11 kishi bo‘lganimiz bilan tashqarida monitorda ko‘plab muxlislar o‘yinimizni kuzatib bordi. Hammasiga rahmat aytmoqchiman. Finalda ko‘rishguncha.

- Murabbiyimiz ilk taymdan so‘ng ular bizdan qo‘rqishini va raqib ruhan taslim bo‘lganini aytdi. Shuningdek, bu bizning vatanimiz va kubokni hech kimga bermasligimiz kerakligini ta’kidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
16/06/2022 15:42
Айнайни шайнайни куф суф дедимикан. Минг куф суф қиласлами ё бошқами. Футболчиларни энг катта домлага ўқитаслами ё кападзе га илохий сўзларни ёдлатасанлами фарқи йўқ. Коррупция гуллаб яшнаган ўзбек футболи 1000 йилдахам айтарлик натижа кўрсатомийди. Коррупция футбол фақат давлат ғазнасида катта ўпирилишлар ва халқ турмуш шароитига салбий тасирини кўрсатади.