Kapadze Indoneziya haqida: "Men tayyorman va kutyapman"
Timur Kapadze O‘zbekiston terma jamoasini tark etganidan so‘ng uning keyingi faoliyati borasida ko‘plab mish-mishlar chiqmoqda. Murabbiyga shuningdek, Indoneziyadan ham taklif bo‘layotgani haqida xabarlar mavjud.
Yaqinda indoneziyalik jurnalist Effendi Gazali Kapadze bilan intervyu olishga muvaffaq bo‘lgan va undan ushbu taklif haqida so‘ragan.
"Men Indoneziya va uning xalqini yaxshi ko‘raman. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Ko‘plab muxlislar menga Indoneziya taklifini qabul qilishimni va terma jamoaga bosh murabbiy bo‘lishimni so‘rab yozishdi".
Shuningdek, Kapadze agar rasmiy taklif kelsa, buni qabul qilishi mumkinligini ham aytgan.
"Men kutyapman, tayyorman. Xudo xohlasa, chunki hozir men bo‘shman va faqatgina kutyapman".
Ma’lumot uchun, Indoneziya terma jamoasini bundan oldin Patrik Klyuvert boshqardi va jamoa Jahchon chempionatiga chiqa olmaganidan keyin o‘z lavozimidan ozod qilindi.

Fikrlar