Kapello Messini "Yuventus"ga olib kelishi mumkin edi. Biroq...

  • 4 oktabr, 2019, 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur mutaxassis Fabio Kapello o‘z vaqtida "Barselona" forvardi Lionel Messini "Yuventus"ga olib kelishga urunib ko‘rganini aytdi.

Tecno

“Men Messini birinchi marta Gamper kubogida ko‘rganman, o‘shanda u 16 yosh edi. Shu o‘yinda Messi maydonga tushgan va muxlislarning hayratiga sabab bo‘lgandi. O‘yindan keyin men Raykardning oldiga borganman va uni “Yuventus”ga ijaraga berishni so‘raganman. O‘sha paytda “Barselona”da Evropa ittifoqi pasportiga ega bo‘lmagan futbolchilar limiti sabab Messida o‘yin amaliyoti muammo bo‘lishi mumkin edi, biroq Raykard menga rad javobini bergan va Leo uchu hamisha tarkibda joy topilishini aytgan”, - deydi Kapello.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli Messi butun faoliyatini “Barselona”da o‘tkazmoqda. U hozircha kataloniyaliklar bilan birga jami 34 ta sovrin qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Kapello 2004-2006 yillarda “Yuventus”ni boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!