Karate bo‘yicha mamlakat chempionalari aniqlandi
Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida an’anaviy karate-do bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va An’anaviy karate-do federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda bolalar, o‘smirlar, yoshlar va kattalardan iborat 500 ga yaqin karatechi o‘zaro bellashdi.
Kata mashqlari bo‘yicha Behruz Murodillaev, Olloyor Turdialiev, Ziyodulla Sergapov, Sheroz Rahmatulloev, Aziz Abdurahmonov, Hilola Ne’matova, Zahro Abdullaeva va E’zoza O‘sarova o‘z yosh toifalarida mamlakat chempioni bo‘ldi.
Kumite – yakkama-yakka kurashda Ergash No‘’monjonov, Elshod Yoqubov, Zikrillo Salimov, Javlonbek Umidjonov, Shohjahon Abdujabborov hamda qizlar o‘rtasida Mushtariy Abduqahhorova, Sevinch Sharobiddinova, Salsabil Ergasheva va Oydona Mirzahmedova turli vazn va yosh toifalarida shohsupaga ko‘tarildi.

Fikrlar