Karate. Saymatov va Zohidov Osiyo chempionati sovrindorlari qatoridan joy oldi

BEPUL PROPAN

Toshkentda davom etayotgan karate bo‘yicha Osiyo chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Unda kattalar o‘rtasidagi yakkalik kumite bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, murosasiz kechgan janglarda Sadriddin Saymatov (-67 kg) hamda G‘ofurjon Zohidov (+84 kg) bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Bugun musobaqa doirasida jamoaviy yo‘nalishdagi bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Unda qizlarimiz Eron, yigitlarimiz esa Malayziyaga qarshi jang uchun tatamiga chiqishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!