Karim, tinchgina keta qol!
Sky Sports ma'lumotiga ko‘ra, mashg‘ur hujumchi Karim Benzemaning “Al-Hilol”dan ketishi juda murakkab masala bo‘lib, Saudiya klubining keyingi transfer rejalariга ham to‘sqinlik qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, klub fransuz hujumchisi bilan xayrlashmoqchi va uning o‘rniga nomzodlarni izlamoqda. Asosiy variantlardan biri Olli Uotkins bo‘lib, klub u bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Biroq transfer Benzemaning shartnomasi tufayli to‘xtab qolgan. Uning klub bilan kelishuvi oddiy “futbolchi – klub” munosabatlaridan kengroq tizimga bog‘langan. Futbolchiga to‘lanadigan mablag‘larning bir qismi davlat tuzilmalari orqali amalga oshiriladi. Shu sababli shartnomani bekor qilish uchun liga va tegishli davlat idoralarining roziligi talab qilinadi.
Benzema esa erkin agent sifatida ketishi uchun shartnomasining so‘nggi yili bo‘yicha barcha mablag‘ni to‘liq olishni talab qilmoqda. Bu talab na klub, na liga va na Saudiya hukumatiga ma'qul kelmoqda.
Futbolchi Saudiya Pro-ligasining imij loyihasida muhim shaxslardan biri sifatida qaraladi. Shu sababli sport, iqtisodiy va siyosiy manfaatlar bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketgani uchun masala hali hal etilmagan. “Al-Hilol” esa bu holat tufayli boshqa transfer maqsadlari bo‘yicha to‘liq harakat qila olmayapti.
Benzema 2026 yil fevral oyida “Al-Ittihod”ni tark etib, rasm an “Al-Hilol”ga o‘tgan edi.

Fikrlar