Karimov "Nasaf" - "Neftchi" o‘yinini boshqarishga haqlimi? "Navbahor"ning Toshkentdagi o‘yinida uning nima qilganini ko‘rdingizmi?

  • 5 noyabr, 2022, 13:01
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 24-turida "Navbaxor" qiyinchilik bilan "Lokomotiv" ustidan g‘alaba qozondi. Hisob ishonchli ko‘rinishi mumkin, lekin "temiryo‘lchilar" ushbu o‘yinda hech bir jabhada raqibdan ortda qolmadi.

"Lochinlar" ikki golni ham ikkinchi taymda kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Ko‘pchilik namanganliklarning g‘alabasi fonida bir vaziyatni ko‘zdan qochirdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Jamshid Boltaboev Sanjar Qodirqulovga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Uchrashuv bosh hakami RAHIMBEK KARIMOV avvaliga "Navbahor" futbolchisiga sariq kartochka ko‘rsatdi. Keyin esa VARdagi hamkasbi ABDURAShID XUDOYBERGANOV unga aloqaga chiqdi, shundan keyin vaziyatni tekshirishga o‘zi bordi. Hammasini ko‘rgan referi qarorini o‘zgartirmadi.

Xo‘sh, qoidalar nima deydi. "Futbol qoidalari" telegram kanali bu vaziyatga oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, bu vaziyat uchun Boltaboev to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olishi shart edi.

Qoidadagi izoh:

"Qoidalarning jiddiy buzilishi

Raqibning xavfsizligiga tahdid soluvchi haddan ortiq kuch ishlatish yoki haddan ziyod shafqatsizlik bilan bajarilgan podkat yoki yakkakurash, Qoidalarning jiddiy buzilishi sifatida jazolanishi kerak.

To‘p uchun kurashayotgan har qanday o‘yinchi raqibga oldidan, yon tomondan yoki orqadan bir yoki ikki oyoqni ishlatib haddan ortiq kuch ishlatish yoki haddan ziyod shafqatsizlik bilan tashlansa yoki raqibning xavfsizligiga tahdid solsa, Qoidalarni jiddiy tarzda buzishda aybdor sanaladi".

Xo‘p, menda yana bir savol tug‘ildi. Hakam bu vaziyat uchun VARga murojaat qilish shartmidi? Sababi ushbu epizodni undan yaxshiroq ko‘rgan inson yo‘q edi maydonda. Doim televidenie kameralarini bahona qilishadi, lekin bu vaziyatni aksiga olib, ular ham aniq ko‘rsatib bergan.

hakamkoz

Men hech narsaga sha’ma qilmoqchi emasman, ammo ushbu tandem navbatdagi turda chempionlik uchun kurashayotgan "Nasaf" o‘yinida ishlashi ma’lum bo‘ldi.

 

Jaloliddin Qobiljonov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ziyodbek
05/11/2022 13:59
Jalolddin to‘g‘ri sudya hato qildi lekin siz nima g‘ami bor sizham adavotingiz bo‘lsa aytib oling guyoki sizni nazaringizda faqat shu yil navbahorni oyinlarida hatolar bo‘lyabdi oldinlari qayda yashgansan uka yo endi kurinyabdimi sudyalar
&
Muhiddin
05/11/2022 21:25
Насаф фойдасига берилган пеналти хақида хам ковлаштиринг. Навбахорни ковлайдигонлар тиқилиб ётибди ўзи
А689 НМ
05/11/2022 20:57
1 мавсумда Пахтакор Навбахорни хам Тошкентда хам Наманганда ютолмаган Тошкентда хам Наманганда хам 90 минут уйин тугагач кушимча вактда Навбахор дарвозасига шубхали пенальти билан Пахтакорга галаба олиб берилганини хам курганмиз. Бу сайт ушанда дейдиё килмаганди.
&
marsil
05/11/2022 16:47
xaq gap raxim karimov xato qilgandi
&
RB
05/11/2022 13:40
Излаб излаб топган жойини кара. Вилоятларга осилвол энди
&
Abdulla Hikmatov
05/11/2022 13:24
Авторни гапи тўғри. Чичиб қўйибди ҳакам
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
05/11/2022 13:15
bizaga. Oddiy holki. bunoqa Holat. shu yil sudiyala. tuliq uyinni legiropka qilaptiki.