
Karlo Anchelotti APL klubini boshqarish uchun asosiy nomzod
“Everton” klubi bosh murabbiyligi uchun yana bir nomzod paydo bo‘ldi. Bu haqda Sportsmail nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Everton” klubini boshqarish uchun “Napoli” jamoasi ustozi Karlo Anchelotti varianti ilgari surilmoqda. Archelottining nomzodi eng asosiysi sifatida qaralmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, “Everton” klubining sobiq ustozi Devid Moyes ham jamoaga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar