
Karlo Anchelotti "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Real" va "Barselona" AQShning Las-Vegas shtatida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bellashuv kataloniyaliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.
Bahsdan so‘ng "qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: "Orqa chiziqda yaxshi harakat qildik, ammo boshqa sifatlar etishmadi. O‘yin shiddatli kechdi, ayniqsa, birinchi bo‘limda. Jismoniy tayyorgarlik tufayli barcha futbolchilarni rotatsiya bilan o‘ynatdim.
Benzema? U dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Aytishim mumkinki, u bo‘lmasa, o‘rni aniq seziladi. Karim keyingi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Yangi transferlar haqida yangilik yo‘q. Barchasi Sebalos va Asensioning qolish yoki ketishi bilan bog‘liq".
Fikrlar