
Karlo Anchelotti: "Endi uchta tur o‘tdi holos"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasining ayni damdagi holati va turli mavzularda fikr bildirdi:
"Bizga “Barselona” bilan to‘rt ochkolik farqdan ko‘ra, o‘zimizning yaxshi o‘ynay olmaganimiz ko‘proq ta’sir qildi. Lekin hali hech bir narsa hal bo‘lmadi. Endi uchta tur o‘tdi xolos. Doimo yaxshi natijalarga umid qilamiz. Sababi La Liga juda uzoq davom etadi. Vini va Mbappe jamoadagi asosiy penalti tepuvchilar va men bunga aralashmayman. Ular buni o‘zaro hal qilishadi. Dani Sebalos biz uchun muhim futbolchi. U o‘tgan mavsumda o‘zi xohlagan daqiqalarga ega bo‘lmadi. Lekin u biz bilan ekanligidan xursandmiz.
O‘ylaymanki, ertaga muxlislar bizga katta yordam berishadi. Biz “Betis”ga qarshi o‘yinda o‘zimizning eng yaxshi versiyamizni ko‘rsatmoqchimiz" - dedi madridliklar ustozi.
Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid" ertaga "Santyago Bernabeu"stadionida chempionatning navbatdagi turi doirasida "Betis" bilan kuch sinashadi.
Fikrlar