
Karlo Anchelotti: "Real" har doim yuragimda qoladi"
Xabaringiz bor, ertaga Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real Madrid" Xansi-Diter Flikning "Barselona"si bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuvdan avval madridliklar mutaxassisi jamoaga bo‘lgan muhabbati haqida gapirdi.
– Bu klub bilan bo‘lgan "asal oyi" hech qachon tugamaydi. "Milan" kabi, "Real" ham yuragimdagi jamoa. Hammasi ishqibozlik bilan boshlanadi, keyin esa boshqa his-tuyg‘ular. Masalan, mehr va bag‘rikenglik paydo bo‘ladi. Bu hislar hayotimning oxirigacha men bilan qoladi.
"Real" – alohida klub. U alohida munosabatga loyiq va men har kuni shunga harakat qilaman, – dedi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar