
Karlos Sayns: "Men "Uilyams" bilan chempion bo‘la olaman"
Ispaniyalik poygachi Karlos Sayns "Uilyams" jamoasi bilan Formula-1 Jahon chempionligini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ishonishini aytdi. Saynsning ta’kidlashicha, boshqa jamoalardagi tajriba unga raqobatbardosh bolidni yaratishga yordam beradi.
"Ha, men shunday deb o‘ylayman. Agar men "Ferrari" va boshqa jamoalardagi tajribamdan xulosa qilgan bo‘lsam, atrofimga to‘g‘ri odamlarni to‘plab, jamoa bilan birgalikda raqobatbardosh bolidni rivojlantira olaman. Bu menga ishonch bag‘ishlaydi - men katta tashkilotni to‘g‘ri yo‘nalishga qanday yo‘naltirishni, mashina qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerakligini, jamoa tuzilishi qanday bo‘lishi kerakligini tushunaman. Va men bularning barchasida "Uilyams"ga yordam bermoqchiman", - deya Saynsning so‘zlarini keltiradi ESPN.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda "Uilyams" Konstruktorlar Kubogi"da 17 ochko bilan 9-o‘rinni egallagan edi. Joriy yilda esa, jamoa 5-o‘rin uchun "Reysing Bullz", "Aston Martin" va "Kik Zauber" bilan kurash olib bormoqda.
Fikrlar