Karlsen yana Jahon chempioni, Abdusattorov bronza sohibi!

  • 16.02.2026 01:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Magnus Karlsen shaxmat bo‘yicha 21 karra jahon chempioniga aylandi va ilk bor Fisher shaxmati yo‘nalishida ham jahon tojini qo‘lga kiritdi.

Finalda u Fabiano Karuanani dramatik bahsda mag‘lub etdi. Qayd etilishicha, Karuana to‘rt partiyaning uchtasida yutuqli pozitsiyalarga ega bo‘lgan, ammo yakunda ustunlikni saqlab qola olmadi va "Freestyle Chess" formatida Magnusga qarshi uchinchi finalini ham boy berdi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov esa Vinsent Kaymer ustidan ishonchli g‘alaba qozo‘nib, musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shu bilan birga, u avtomatik tarzda navbatdagi jahon chempionati yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi. Abdusattorov saralash turnirida g‘olib chiqib, chempionatga mustaqil ravishda yo‘l olgan yagona shaxmatchiga aylandi.

Beshinchi o‘rin uchun bahsda Hans Nimann Arjun Erigaysini mag‘lub etgan bo‘lsa, yettinchi o‘rin uchun uchrashuvda Levon Aronyan Javohir Sindarovdan ustun keldi.

Armagedon bahsida Javohir Aronian ga mag‘lub bo‘ldi va turnirni 8-o‘rinda yakunlagan holda 10000$ mukofotni qo‘lga kiritdi!

Nodirbek Abdusattorov esa 3-o‘rin sohibi bo‘lgani bois, 40000$ mukofotini qabul qilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!