
Karrager: "Lukakuni Benzema, Levandovski va Keyn kabi futbolchilar bilan tenglashtirmang"
"Liverpul" sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Chelsi" futbolchisi Romelu Lukakuni keskin tanqid qildi. Aytishicha, belgiyalik forvard tobora yuqori darajadan tushib bormoqda.
"Bu murabbiyga emas, Lukakuning o‘ziga bog‘liq jarayon. Siz klub o‘yinini kuchaytirish uchun 100 million funt evaziga futbolchi sotib olasiz, o‘sha futbolchi esa hatto, jamoaviy o‘yinga moslasha olmaydi.
U o‘z ustida ishlashi kerak. Hozir Romeluni top hujumchi degan nomga munosib, deya olmayman.
U yaxshi hujumchi bo‘lishi mumkin. Biroq Benzema, Levandovski va Keyn kabi futbolchilar bilan Lukakuni solishtirmagan bo‘lardim. U har doim bu yigitlardan bir pog‘ona pastda bo‘lgan", - dedi Karrager.
Fikrlar