Karreras: "Men bu erga sovrinlar yutish uchun qaytdim"

  • 15 iyul, 19:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi futbolchi Alvaro Fernandes Karreras rasman "Real" safidagi faoliyatini boshladi. 

Tecno

Prezentatsiya davomida futbolchi klubga va oilasiga minnatdorlik bildirdi:

"Hozir gapirish juda qiyin. Prezidentga aytgan so‘zlari uchun va "Real"ga menga bo‘lgan ishonchi uchun katta rahmat aytaman. Bu joyda ikki yil vaqtimni o‘tkazganman va endi qaytishim haqiqatga aylandi. Men bu erdan bola sifatida ketgan edim, endi esa erkak sifatida qaytdim.

Bu formada maydonga tushishni intizorlik bilan kutyapman. Bu emblemani ko‘tarib yurish men uchun katta sharaf. Men bor kuchim bilan harakat qilaman, birgalikda o‘sishda va yangi sovrinlar yutishda hissamni qo‘shaman.

Shuningdek, oilamni unuta olmayman – ularsiz bu erda bo‘lmasdim. Katta rahmat sizlarga. Yashansin "Real Madrid"!" - deya o‘z so‘zlarini yakunladi "qirollik klubi"ning yangi futbolchisi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!