Karvaxalning o‘rnida endi kim o‘ynaydi? Anchelotti javob berdi

  • 18 oktabr, 2024, 17:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Real”ning tajribali himoyachisi Dani Karvaxal tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi. Ispaniyalik futbolchining tiklanishi uchun uzoq vaqt talab etiladi va u bu mavsum boshqa maydonga tushmaydi.

Tecno

Biroq, jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘ng qanot himoyasi pozitsiyasidan unchalik xavotirda emas. Italiyalik mutaxassisning fikricha, tarkibda ushbu pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchilar bor.

“Karvaxalni yo‘qotganimizdan juda afsusdamiz. U kiyinish xonasiga kirib, bizga kuch berishi mumkin. Uning o‘rnida kim o‘ynay oladi? Lukas Vaskes va Eder Militao”, - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

"Real" ertaga, 19 oktyabr kuni La Liganing navbatdagi turida safarda “Selta”ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!