Kasilyas mavsumni dekabrda yakunlash taklifi bilan chiqdi

  • 5 aprel, 2020, 16:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" va "Portu" sobiq darvozaboni Iker Kasilyas joriy mavsumni yana 3-4 oydan keyin davom ettirish taklifi bilan chiqdi.

Ispaniya futbol federatsiyasi prezidentligiga da’vogarlik qilayotgan Kasilyasning fikricha, shunda joriy mavsumni dekabr oyida yakunlanash imkoni bo‘ladi. Bu rejim orqali Qatarda 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorlarlik qilish osonroq kechishi mumkin ekan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infektsisi sabab Evropaning ko‘pgina milliy chempionatlari noma’lum muddatga to‘xtatilgan edi.

Oldinroq, Belgiya va Shotlandiya chempionati muddatidan oldin mavsumni yakunlashninn rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!