Kasilyas “Portu”ni tark etishi mumkin


“Portu” klubi darvozaboni Iker Kasilyas yozgi transferlar mavsumida jamoasini tark etishi mumkin.

Bunga uning ko‘p maosh olayotgani asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda. 35 yoshli futbolchi ayni damda yiliga 5 mln evro maosh olmoqda. Uning yarmini sobiq jamoasi Madridning “Real” klubi to‘layotir.

Mavsum yakunida Kasilyas va “qirollik klubi” o‘rtasidagi kelishuv yakuniga etadi. Shu sabab portugal klubi unga kamroq maoshli shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!