
"Katta bola" UFC ni tark etdi, navbatdagi manzil...
"Katta bola" yangi uy topdi. Ikki hafta oldin UFC og‘ir vazndagi Robelis Despeyn bilan Las-Vegasdagi "UFC 245" turnirida Osten Leynga yutqazganidan so‘ng shartnomani bekor qilgandi. Chunki mazkur natija sportchining ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
Bugun esa "Karate Combat" o‘zining Instagram sahifasida Despeyn bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
"Biz Robelis Despeynni og‘ir vazn toifamizga qo‘shdik va u "KC 51"da debyut qiladi. U ajoyib rekordga ega va taekvondo bo‘yicha Olimpiada medali sovrindori hamdir. Xush kelibsiz Robelis, sizni KC da kutib olishdan xursandmiz”, - deyiladi xabarda.
Fikrlar