"Katta Dubulg‘a". Nigora Tursunqulova yarim final ostonasida to‘xtadi

CHERY AUTO

Bugun Xitoyning Usi shahrida taekvondo bo‘yicha nufuzli "Katta Dubulg‘a" turniri boshlandi.

Tecno

Musobaqada -67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Nigora Tursunqulova chorak finalda xorvatiyalik Matea Elichga qarshi jang qildi. Afsuski dastlabki raundda g‘olib bo‘lgan Nigora yakunda alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Tursunqulova 1/8 finalda xitoylik Xuimeng Dongni mag‘lub etgan edi.

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!