
Katta xato! “Neftchi” – “Andijon” bahsidagi inobatga olinmagan gol yuzasidan uchrashuv nazoratchisi xulosasi
O‘zbekiston Coca cola Superliganing 18-turidan o‘rin olgan ”Neftchi” – “Andijon” uchrashuvida mezbonlar bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi, biroq bu gol ofsayd sababli bekor qilindi. Vaziyatni o‘rganib chiqqan uchrashuv nazoratchisi bu holatda birinchi yordamchi hakamni aybdor deb topdi va unga qoniqarsiz baho qo‘yganini tasdiqladi.
Ushbu hakamni chetlatish masalasi esa Hakamlar qo‘mitasiga oshirildi.
Fikrlar
Бу дегани 8 очко!!!
34+8=42 очко ва биринчи урин!!!