Kavani nega "Yuventus" va "Inter"ning taklifini rad etgan edi?
Yozgi transferlar davrida PSJdan MYuga erkin agent sifatida ko‘chib hujumchi Edinson Kavani nega “Inter” va “Yuventus”dan bo‘lgan takliflarni rad etganini izohladi.
“Men “Napoli”dan bir umr minnatdorman va shu sababli “Inter” va “Yuventus” kabi Italiya klublarining takliflarini rad etdim. “Napoli” sabab bunday qila olmayman. Neapol haqida o‘ylasam, quvonchni his qilaman”, - dedi urugvaylik futbolchi.
33 yoshli Kavani joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar