Kavani PSJda ushlanib qolishi mumkin

  • 23.04.2020 17:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi rahbariyati yozda shartnomasi yakuniga etadigan urugvaylik hujumchi Edinson Kavaniga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, dastlab parijliklar 33 yoshli futbolchi bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilishgan edi. Biroq, hozir vaziyat o‘zgargan.

Bundan avvalroq esa Kavani “Atletiko” va “Nyukasl” klublari bilan muzokaralar o‘tkazayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kavani joriy mavsum Frantsiya chempionatida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!