Kavani yangi jamoa bilan shartnoma imzoladi

  • 09.08.2020 13:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

PSJdagi faoliyatini yakunlaganidan keyin erkin agentga aylangan Edinson Kavani o‘ziga yangi ish joyi topdi. Urugvaylik tajribali hujumchi faoliyatini “Benfika” jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Kavani portugaliyaliklar bilan imzolagan shartnomaga ko‘ra, yilliga 9 million evro maosh oladi.

Edinson  Kavani 2007-2013 yillar davomida A Seriyada “Palermo” va “Napoli” jamoalari safida to‘p surgan. Keyingi etti yilni PSJda o‘tkazdi. Endi esa, mohir to‘purar Portugaliya chempionatini zabt etishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!