Kavanining agenti uning APL klubiga o‘tishi mumkinligini inkor etmadi

  • 06.01.2020 17:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ forvardi Edinson Kavani faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Get French Football News nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli urugvaylik to‘purarga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari jiddiy qiziqib qolishgan. Ingliz grandlari Kavanining agenti bilan ushbu masala yuzasidan bog‘lanishgan va agent ham garchi mijoziga “Atletiko”dan aniq taklif borligiga qaramay uning APLga ko‘chib o‘tish ehtimollarini inkor etmagan.

Eslatib o‘tamiz, Edinson Kavani yozda erkin agentga aylanadi. U joriy mavsum PSJ safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!