Kay Haverts Chempionlar Ligasida Krishtianu Ronaldu rekordini takrorladi

  • 31.05.2026 00:25
  • Azamat Umarov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Nemis yarim himoyachisi Kay Haverts Chempionlar Ligasida oʻziga xos rekord oʻrnatdi.

2025/26 yildgi mavsum finalidan soʻng Haverts tarixdagi jami uch nafar futbolchi qatoriga kirdi. Ushbu futbolchilar ikki xil jamoa tarkibida Chempionlar Ligasi finalida gol urgan yagona oʻyinchilar hisoblanadi.

Haverts avvalroq 2020/21 yildgi mavsum finalida «Chelsi» safida hal qiluvchi gol muallifiga aylangan edi. Uning goli londonliklarga «Manchester Siti» ustidan gʻalaba keltirgan. Endi esa nemis futbolchisi «Arsenal» tarkibida ham finalda gol urib, oʻz statistikasisni yanada boyitdi.

Bunday yutuqqa erishganlar orasida faqatgina yana ikki yulduz bor: Krishtianu Ronaldu — u finallarda «Manchester Yunayted» va madridlik «Real» uchun gol urgan; shuningdek, Mario Mandjukich — u finallarda «Bavariya» va «Yuventus» tarkibida maydonda ajralib turgan.

Eslatib oʻtamiz, 2025/26 yildgi Chempionlar Ligasi finali Budapesht shahrida boʻlib oʻtdi. «Arsenal» va «PSJ» oʻrtasidagi asosiy hamda qoʻshimcha vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa fransuz jamoasi ustun keldi — 4:3. Londonliklarning magʻlubiyatiga qaramasdan, Kay Haverts Yevropa klub futbolining eng nufuzli musobaqasi tarixida oʻchmas iz qoldirishga muvaffaq boʻldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!