Kazemiro “Real”ni tashlab, “Yunayted”ga kelganidan afsusda. Sabab...

  • 25 oktabr, 2023, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro o‘tgan yili “Real”ni tark etib, Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tgandi.

Tecno

El Nacional nashrining yozishicha, braziliyalik futbolchi Manchesterga katta umidlar bilan kelgan, biroq endilikda tanlovidan pushaymon bo‘lyapti.

Kazemironing “Manchester Yunayted” jamoa sifatida beqarorligi va katta maqsadlar uchun kurashishga qodir emasligidan hafsalasi pir bo‘ldi.  

31 yoshli Kazemiro manchesterliklar bilan 2026 yilning yarmigacha davom etadigan bitim imzolagan. O‘n yilga yaqin faqat sovrinlar uchun kurashadigan jamoada o‘ynagan tajribali futbolchisi endi o‘rtamiyonaga aylanib qolgan klubga ko‘nika olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!