Kecha o‘rtoqlik o‘yinida o‘zbek futbolida kam uchraydigan juda ham yirik hisob qayd etildi
Kecha "Olimpik" "Jar" stadioning zaxira maydonida "Lokomotiv BFK"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Uchrashuvda katta ustunlikka erishgan jamoa raqib darvozasini 13 bor aniq nishonga oldi va o‘zi ham bir bor gol o‘tkazib yubordi.
"Olimpik" - "Lokomotiv BFK" 13:1
Gollar: Davron Anvarov (xet-trik), Bektemir Abdumannonov (xet-trik), Shahzod Rahmatulaev (dubl), Humoyun Sherbo‘taev (dubl), Muhammadali G‘iyosov (dubl), Danill Yejov
"Olimpik" jamoasining boshlang‘ich tarkibi: Dilshod Yo‘ldoshev, Behzod Shamsiev, Shohjaxon Sultonmurodov, Sunnatulloh Hamidjonov, Temur Mamasiddiqov, Bektemir Abdumannonov, Muhammadaziz Ibrohimov, Muhammadali G‘iyosov, Davron Anvarov, Farrux Muxtorov, Humoyun Sherbo‘taev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Shukron Yo‘ldoshev, Shahzod Rahmatulaev, Danill Yejov.

Fikrlar