Kechagi o‘yinda Shomurodov Ronaldu bilan bir xil ball oldi!

  • 12 aprel, 2021, 13:15
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Italiya A Seriyasi 30-turidan o‘rin olgan bir necha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ulardan birida biz o‘yinlarini kuzatib borayotgan "Jenoa" klubi amaldagi chempion "Yuventus" maydoniga safar qildi. Yakunda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan eng mashhur nashrlardan biri "La Gazzetta dello Sport" ushbu bellashuvdan keyin, o‘z talqiniga ko‘ra, futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi. Eldor Shomurodov unda 5 ballga loyiq ko‘rildi.

Qizig‘i, turinliklar yulduzi Krishtianu Ronaldu ham aynan shu bahoga ega bo‘ldi. Mazkur uchrashuvda portugaliyalik hujumchi to‘liq harakat qildi. E’tiborlisi, hamyurtimiz 63-daqiqada Goran Pandev o‘rniga maydonga tushirilgandi.

Ma’lumot uchun, genuyaliklar turnir jadvalida 13-pog‘onani band etgan. Legionerimiz ushbu jamoa tarkibida ichki birinchilikda 3 ta gol va 1 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

photo_2021-04-12_12-35-18

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
12/04/2021 21:18
Элдор қўлидан келганича ҳаракат қилаяпти жамоадошлари уни умуман қўллаб қуватламаяпти. Элдор бир неча бор тўпни олиб қўйиб пас берди, юбан жамоадошлари унинг пасини ноаниқ қилиб юве футболчиларига узотди. Элдор қулайроқ пазетсияга бзлса ҳам юбан шериклари бошқа юбанларга ошираяпти. Элдор нима қилсин яна... Шериклари ҳужмни рвожлантиришни ўйламай аҳмоқона қарорлар қабул қилса. Эссиз Растовдаги дўстлари яҳши эди...