Kelajagi porloq himoyachilar top-5 ligi

  • 14 aprel, 2020, 19:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zamonaviy futbol jadal rivojlanib bormoqda, endi kuchli hujum emas mustahkam himoya o‘yin taqdirini hal qilyapti.

Tecno

2006 yilda Fabio Kannavaro dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi va shu vaqtdan boshlab himoyachilarning o‘rni tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Endi Virjil van Deykni ham Lionel Messi bilan bir xil darajada bo‘lgan yulduz deya hisoblashimiz mumkin. Matteys de Ligt, Eder Militao va Chaglar Seyundjyu har qanday yarim himoyachilardan kam emas.

Bugun biz eng iqtidorli himoyachilar haqida suhbatlashamiz

5.Ozan Kabak (“Shalke-04”)

Kabak

20 yoshli turk futbolchisi Ozan Kabak “Shalke-04” ga 15 mln evaziga o‘tdi va jamoa sarflangan pullarga achinmadi. Chunki futbolchi sarflangan pullarga arziydi.  Hozirda Kabak o‘z pozitsiyasi bo‘yicha Bundesligada eng yaxshilardan biri.

To‘pni egallab olish va hujumda ham faol bo‘lgan Ozan Kabak ushbu mavsumda uchta  gol va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Kabak besh marotaba o‘z darvozasiga urilishi mumkin bo‘lgan yaqqol gollardan saqlab qoldi. Yakkama-yakka kurashlarda 65% hollarda raqibidan ustun keladi.

Ozan Kabak “Barselona”, “Manchester Siti”, “Yuventus” kabi jamoalarga bemalol moslashib keta oladi. Futbolchining o‘zi yanvar oyida APLda o‘ynash istagi borligini aytib o‘tgan edi

4.Vilyam Saliba (“Sent-Eten”)

Vilyam Saliba “Sent-Eten” safiga “Arsenal” jamoasidan kelib qo‘shilgan. Ijara asosida to‘p surayotgan futbolchi Frantsiya chempionatida ancha o‘sdi. U xavfli vaziyatlarda to‘pni qanday boshqarishni biladi va raqiblar pressing qilayotgan vaqtda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi.

Mana shunday iqtidorli futbolchisi borligi “Arsenal”ning omadi, ayniqsa Mustafi va Sokratis kabi futbolchilar muxlislar olqishiga sazovor bo‘la olmayotgan bir vaqtda.

3.Alessandro Bastoni (“Inter”)

Antonio Kontening yoqimtoyiga aylangan Alessandro Bastoni “Inter” himoyasidan munosib o‘rin egalladi va italiyalik futbol afsonasi Juzeppe Bergomi ham bu iqtidorli himoyachini A seriyaning eng yaxshi himoyachilaridan biri deb aytib o‘tdi. Yaqin kunlarda 21 yoshli qarshi oladigan Bastoni hali beri to‘xtash niyati yo‘q. U himoya bilan bir qatorda hujumda ham juda foydali futbolchilardan biri.

Bastoni “Parma”, “Atalanta” kabi jamoalardan to‘p surgan va “Inter”da o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Antonio Konte uning iqtidorini yuqori baholaydi va hattoki, Diego Godindan ham ko‘ra ko‘proq Bastoniga imkoniyat beradi.

2.Dan-Aksel Zagadu (“Borussiya Dortmund”)

Zagadu

Dan-Aksel Zagadu har mavsumda kuchayib borayotgan frantsuz futbolchisi. Zagadu havodagi kurashlar bo‘yicha Bundesligadagi eng yaxshilaridan biri.

“PSJ” safida asosan chap qanotda to‘p surgan bo‘lsa ham, Lyusen Favr Zagaduni Mats Hummels bilan birgalikda himoya markaziga qo‘yadi. 20 yoshli Zagadu kelajakda dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri bo‘ladi.

1.Dayo Upamekano (“RB Leyptsig”)

“Leyptsig” safida Upamekano Bundesliganing eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. O‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasida “Tottenxem”ga qarshi bahsda ajoyib o‘yin namoyish etgandi. Shundan so‘ng futbolchiga bir qancha grand jamoalar qiziqa boshladi. Ular ichida “Arsenal” faolroq. “Kanonirlar”da futbolchini qo‘lga kiritish uchun imkoniyat mavjud. Dayoning o‘zi ham ketish istagini bildirgan. Katta ehtimol bilan Dayo Upamekano kelasi mavsumda boshqa jamoa safida to‘p suradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!